Главная » Yangiliklar » I va II guruh nogironligi bo'lgan erkaklarga qachon pensiya olish huquqi beriladi?
I va II guruh nogironligi bo'lgan erkaklarga qachon pensiya olish huquqi beriladi?

I va II guruh nogironligi bo'lgan erkaklarga qachon pensiya olish huquqi beriladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: I va II guruh nogironligi bo'lgan erkaklarga qachon pensiya olish huquqi beriladi?
  • Дата релиза: 10-09-18, 17:56
I va II guruh nogironligi bo'lgan erkaklarga qachon pensiya olish huquqi beriladi?
Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi ishchi guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda “Uy-joy kommunal xizmatlarni ko`rsatish va aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta`minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni muhokama etildi, deb yozmoqda O`zA.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgust kuni qabul qilingan qonunning maqsadi to`lov intizomini mustahkamlashga, shuningdek, ayrim toifadagi I va II guruh nogironlariga imtiyozli pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan. Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga qo`shimchalar va o`zgartish kiritildi. Jumladan, tegishli band bilan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro`yxat bo`yicha I va II guruh nogironligi bo`lgan erkaklarga kamida 25 yil ish staji, ayollarga kamida 20 yil ish staji bo`lgan taqdirda pensiya olish huquqi beriladi.

Mamlakatimizda 760 mingdan ortiq nogironligi bo`lgan shaxslar ro`yxatga olingan. Mutaxassislarning fikrlariga ko`ra, ushbu o`zgartish va qo`shimchalar pensiya tarqatishda uchrayotgan kamchiliklar, noto`g`ri hisoblashlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qonunning 2-moddasiga muvofiq, Uy-joy kodeksining 134-moddasiga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi. Xususan, davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko`rsatiladigan suv ta`minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya) xizmatlari uchun majburiy to`lovlar oldindan 100 foizlik haq to`lash asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko`rsatish majburiy to`lovlar 3 oydan ortiq to`lanmagan taqdirda to`xtatib turiladi, bundan suv ta`minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya) xizmatlari, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish mustasno.

Ushbu qonun qarzdorlikning oldini olish, kommunal soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki infratuzilmasini yaxshilash, sohaga yangi texnologiyalarni jalb etishga xizmat qilishi aytildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: