Главная » Yangiliklar » Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lganlar diqqatiga!
Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lganlar diqqatiga!

Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lganlar diqqatiga!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lganlar diqqatiga!
  • Дата релиза: 07-04-17, 16:58
Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lganlar diqqatiga!
Toshkent shahar IIBB Ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga qabul qilishi haqida ma`lum qildi.

Ishga Toshkent shahrida doimiy ro`yxatda turib, istiqomat qiluvchi, 30 yoshdan oshmagan, buyi 170 sm.dan past bo`lmagan, o`rta, o`rta-maxsus va oliy ma`lumotga ega bo`lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy o`quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Nomzod IIVning amaldagi me`yoriy buyruq talablari asosida boshlang`ich suhbatdan o`tishi, sinovlarni (diktant, psixologik test va sport) topshirishi, belgilangan hujjatlarni yig`ishi, harbiy tibbiy ko`rikdan o`tishi, amaliyot o`tashi va ichki ishlar organlariga qabul qilinishi haqida buyruq imzolangunga qadar 30 yoshga to`lmagan bo`lishi shart.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Navoiy ko`chasi, 9A-uy, Toshkent shahar IIBB Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati Kasbiy tayyorgarlik markazi. Tel: 234-01-15, 235-67-40
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: