Главная » Yangiliklar » ​Ichki ishlar vazirligining qisqa ishonch telefon raqami ishga tushirildi
​Ichki ishlar vazirligining qisqa ishonch telefon raqami ishga tushirildi

​Ichki ishlar vazirligining qisqa ishonch telefon raqami ishga tushirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Ichki ishlar vazirligining qisqa ishonch telefon raqami ishga tushirildi
  • Дата релиза: 02-05-17, 13:47
​Ichki ishlar vazirligining qisqa ishonch telefon raqami ishga tushirildi
1 maydan e`tiboran O`zbekiston Respublasi Ichki ishlar vazirligining yagona qisqa ishonch telefon raqami test rejimida ishga tushirildi. Fuqarolar mazkur telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, huquq-tartibot organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Bu haqda bugun Xalqaro press klub sessiyasida Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni talablariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: