Главная » Yangiliklar » ​IIV: “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lida tabiiy ofat yuz berdi
​IIV: “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lida tabiiy ofat yuz berdi

​IIV: “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lida tabiiy ofat yuz berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​IIV: “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lida tabiiy ofat yuz berdi
  • Дата релиза: 28-03-17, 11:36
​IIV: “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lida tabiiy ofat yuz berdi
2017 yilning 26 mart kuni soat 17:05 da Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Uchterak qishlog`i hududidan o`tuvchi 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lining 69-km.da “G`azalkent-Chimyon” yo`nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15-20 metr bo`lgan yo`lning qatnov qismida ko`chki yuzaga keldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Matbuot bo`linmasi xabar qiladi.

2017 yilning 27 mart kuni soat 09:00 larda ushbu ko`chki sodir bo`lgan joyning maydoni 4-4,5 metr kenglikka va 35-40 metr uzunlikka kattalashgan.

Sodir bo`lgan ko`chki oqibatida mahalliy axoliga va turar-joy binolariga zarar etmagan.

Tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgunga qadar 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lining 58-km.dan 71-km.gacha avtomobillarning harakatlanishi to`xtatildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: