Главная » Yangiliklar » IIV xodimlari zarur holda fuqarolarning avtomobillaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar
IIV xodimlari zarur holda fuqarolarning avtomobillaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar

IIV xodimlari zarur holda fuqarolarning avtomobillaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: IIV xodimlari zarur holda fuqarolarning avtomobillaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar
  • Дата релиза: 07-04-17, 12:49
IIV xodimlari zarur holda fuqarolarning avtomobillaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar
Ichki ishlar organlari xodimlari zarur xollarda Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldilar. Bu haqda 6 aprel kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan matbuot brifingida aytib o`tildi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan va

Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma`qullangan “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga ko`ra Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta`qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo`yicha to`plash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin.

Bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikasiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo`lgan transport vositalari hamda maxsus mo`ljallangan transport vositalari bundan mustasno.

Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar etkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar etkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o`rnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari Qonunda Ichki ishlar boshqarmalari barcha O`zbekistonda faoliyat olib boradigan OAVlar xizmatidan jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatlarni izlashda bepul foydalanish huquqiga egaligi qayd etildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: