Главная » Yangiliklar » ​IIV yo`l-transport hodisasini sodir etib voqea joyidan yashiringan haydovchilar haqida axborot berdi
​IIV yo`l-transport hodisasini sodir etib voqea joyidan yashiringan haydovchilar haqida axborot berdi

​IIV yo`l-transport hodisasini sodir etib voqea joyidan yashiringan haydovchilar haqida axborot berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​IIV yo`l-transport hodisasini sodir etib voqea joyidan yashiringan haydovchilar haqida axborot berdi
  • Дата релиза: 23-03-17, 00:58
​IIV yo`l-transport hodisasini sodir etib voqea joyidan yashiringan haydovchilar haqida axborot berdi
O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l havfsizligi xizmati Bosh boshqarmasi YTH sodir etib, voqea joyida yashiringan holatlar xususida axborot berdi. Mazkur halokatlarda oqibati o`lim bilan tugagan hodisalar ham mavjud. Ehtimol haydovchi voqea joyidan yashirinmaganida mana shunday ayanchli hol kuzatilmasmidi...

2017 yil 11 mart kuni soat 14-00 larda tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 12-00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida noma`lum haydovchi, «NEKSIA» rusumli avtomobilini boshqarayotib, piyoda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog` tumanida yashovchi Ya.F.ni urib yuborib yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan joydan yashiringan. Oqibatda piyoda tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi Buxoro viloyati, G`ijduvon shahrida yashovchi R.K. shaxsiy «NEKSIA» rusumli avtomobilini boshqarayotib sodir etganligi aniqlanib, 12 mart kuni ushlangan.

Bundan tashqari 9 mart kuni soat 18-30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, noma`lum haydovchi, noma`lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi Q.J.ni urib yuborib yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan joydan yashiringan.

Piyodaga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi Toshkent shahar, Shayxontoxur tumanida yashovchi I.A. shaxsiy «LASETTI» rusumli avtomobilini boshqarayotib sodir etganligi aniqlanib, 12 mart kuni ushlangan.

12 mart kuni soat 19-30 larda, Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani hududida, noma`lum haydovchi, noma`lum transport vositasini boshqarayotib, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, shu tumanda yashagan G`.B.ni urib yuborib yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan.

Oqibatda velosipedchi G`.B. tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini, haydovchi G`uzor tumanida yashovchi A.J. shaxsiy «VAZ-2107» rusumli avtomobilini boshqarayotib sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: