Главная » Yangiliklar » Ikkita operatsion tizimda ishlaydigan Nokia X2 smartfoni iyunda taqdim etilishi mumkin.
Ikkita operatsion tizimda ishlaydigan Nokia X2 smartfoni iyunda taqdim etilishi mumkin.

Ikkita operatsion tizimda ishlaydigan Nokia X2 smartfoni iyunda taqdim etilishi mumkin.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ikkita operatsion tizimda ishlaydigan Nokia X2 smartfoni iyunda taqdim etilishi mumkin.
  • Дата релиза: 06-06-14, 20:55
Ikkita operatsion tizimda ishlaydigan Nokia X2 smartfoni iyunda taqdim etilishi mumkin.

Nokia (Microsoft) o‘zining Android operatsion tizimida ishlaydigan navbatdagi smartfonini 20-iyunda taqdim etishi mumkin, deya xabar berdi Mail.ru. Bu galgi smartfon birvarakayiga ikkita — Android va Windows Phone operatsion tizimlarini o‘zida jamlaydi.

Yangi smartfonda “Uy” (Home) tugmasi paydo bo‘ladi (Nokia X/XL’da yo‘q), Microsoft foydalanuvchilar xohishini hisobga olib bunday qarorga keldi. Ayni paytda Nokia X2 prototiplari Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qurilma Nokia X’dan arzonroq, shu bilan birga kuchliroq ham bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 4,3 dyuymli 800×480 pikselli displey, ikki yadroli Qualcomm Snapdragon 200 protsessori, 1 Gb tezkor, 4 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi.

Логин:
Пароль: