Главная » Yangiliklar » Ilk iPhone sotilganiga yetti yil to‘ldi
Ilk iPhone sotilganiga yetti yil to‘ldi

Ilk iPhone sotilganiga yetti yil to‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ilk iPhone sotilganiga yetti yil to‘ldi
  • Дата релиза: 01-07-14, 17:17
Ilk iPhone sotilganiga yetti yil to‘ldi
29-iyun kuni Apple kompaniyasi o‘zining ilk iPhone’ni sotuvga chiqarganiga 7 yil bo‘ldi. Bu haqda Time jurnali xabar berdi.

iPhone’ning 7 yil davomidagi yutuqlari haqida quyida tanishing:

2007-yil, 29-iyun. iPhone smartfonlari sotuvga chiqdi;
Oradan 74 kun o‘tib, 2007-yilning 19-sentabrida millioninchi iPhone sotildi;
2007-yil, 12-noyabr. Time jurnali iPhone’ni “Yilning eng yaxshi ixtirosi” deb e’lon qildi;
2008-yil, 9-iyun. Apple kompaniyasi iPhone 3G smartfonini taqdim etdi;
2008-yil, 11-iyul. iPhone 3G sotuvga chiqdi va 500ta yuklab olish mumkin bo‘lgan dasturlarga ega App Store ishga tushirildi;
2008-yil, 14-iyul. Millioninchi iPhone 3G smartfoni sotildi va App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 10 millionga yetdi;
2008-yil, 9-sentabr. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 100 millionga yetdi. O‘shanda App Store’da 3000dan ortiq dastur mavjud bo‘lgan;
2008-yil, 6-noyabr. iPhone o‘zining ilk yutug‘i – JD Power & Associates’ni qo‘lga kiritdi;
2009-yil, 17-mart. Apple iPhone OS 3.0 operatsion tizimini taqdim etdi;
2009-yil, 24-aprel. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 1 milliardga yetdi;
2009-yil, 9-iyun. iPhone 3GS smartfoni e’lon qilindi;
2009-yil, 28-sentabr. App Store’dagi yuklab olishlar soni 2 milliardga yetdi;
2009-yil, 4-noyabr. App Store’dagi dasturlar soni 100 mingdan oshdi;
2010-yil, 5-yanvar. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 3 milliard bo‘ldi;
2010-yil, 8-aprel. 85 milliondan ortiq iOS foydalanuvchilari va App Store’da 185 mingta dastur qayd etildi;
2010-yil, 7-iyun. Apple kompaniyasi iPhone 4 smartfonini taqdim etdi;
2010-yil, 28-iyun. 1 700 000ta iPhone 4 sotildi;
2011-yil, 15-aprel. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 15 milliardga, iOS foydalanuvchilari esa 200 millionga yetdi;
2011-yil, 4-oktabr. iPhone 4s, iOS 5, iCloud va Siri taqdim etildi;
2011-yil, 17-oktabr. 24 soat ichida bir milliondan ortiq iPhone 4s buyurtma qilindi;
2012-yil, 5-mart. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 25 milliarddan oshdi;
2013-yil, 7-yanvar. App Store’dan yuklab olingan dasturlar soni 40 milliardga yetdi;
2013-yil, 2-fevral. iTunes’dan 25 milliardinchi musiqa yuklab olindi;
2013-yil, 10-iyun. iOS 7 operatsion tizimi taqdim etildi;
2013-yil, 10-sentabr. Apple iPhone 5s va 5c smartfonlarini taqdim etdi;
2013-yil, 23-sentabr. Apple sotgan iPhone 5s va 5c smartfonlari soni 9 millionga yetdi;
2014-yil, 2-iyun. Apple iOS 8 operatsion tizimining beta versiyasini taqdim etdi.
Логин:
Пароль: