Главная » Yangiliklar » Inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha dunyodagi ilk operatsiya Germaniyada bo’lib o’tadi
Inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha dunyodagi ilk operatsiya Germaniyada bo’lib o’tadi

Inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha dunyodagi ilk operatsiya Germaniyada bo’lib o’tadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha dunyodagi ilk operatsiya Germaniyada bo’lib o’tadi
  • Дата релиза: 12-06-16, 21:38
Inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha dunyodagi ilk operatsiya Germaniyada bo’lib o’tadi
Taniqli italiyalik neyroxirurg Serjio Kanavero rossiyalik Valeriy Spiridonovning boshini ko’chirib o’tkazish operatsiyasini Germaniyada o’tkazishi haqida ma’lum qildi.



Daily Star nashri xabariga ko’ra, Kanavero Fransiya va Buyuk Britaniyada ham bu operatsiya uchun yetarli sharoitlar va tibbiy texnologiyalar mavjudligini, lekin u Germaniyaga murojaat qilganini bildirgan.



U hozircha Germaniyadagi aynan qaysi shifoxonada operatsiyani o’tkazish masalasini hal qilmagan.



2015 yil fevral oyida italiyalik neyroxirurg inson boshini ko’chirib o’tkazish bo’yicha ilk operatsiyani 2017 yilda amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Bel mushaklari atrofiyasidan aziyat chekuvchi Spiridonov shifokor bilan Skype orqali muloqotda bo’lgan. Ushbu kasallik bilan og’rigan bolalarning 50 foizi 1 yoshdan oshmasligi aytiladi, biroq Spiridonov 31 ga kirgan va oliy ma’lumot olishi ham mumkin, deb yozadi “Kun”.





Valeriy Spiridonov o’z boshini donor tanaga ko’chirib o’tkazishga rozi bo’lgan. U operatsiya uchun maxsus jamg’arma ochgan bo’lib, shu yo’l bilan amaliyot uchun mablag’ yig’ilmoqda.



Operatsiya 36 soat davom etishi kutilmoqda.





Amaliyotda 42 nafar jarroh ishtirok etishi lozim bo’ladi. Ular boshni ko’chirish davomida kun bo’yi, bir-birini almashtirgan holda ishlaydi. Tibbiyot xodimlarga to’lanadigan haq 5 million yevroga yetishi mumkin.



Kanavero bilan birga operatsiyani xitoylik jarroh Ren Syaopin olib boradi.

Логин:
Пароль: