Главная » Yangiliklar » Instagram’da fotosuratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoniyati tug‘ildi
Instagram’da fotosuratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoniyati tug‘ildi

Instagram’da fotosuratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoniyati tug‘ildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Instagram’da fotosuratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoniyati tug‘ildi
  • Дата релиза: 10-05-17, 01:33
Instagram’da fotosuratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoniyati tug‘ildi
Instagram servisi foydalanuvchilarga mobil brauzer orqali fotosuratlarni yuklash imkoniyatini berdi. Ilgari suratlar faqat rasmiy mobil dastur orqali chop etilar edi, deb xabar beradi TJournal.

Shu bilan birga, hali foydalanuvchilar filtrlar va fotosuratlarning kengaytirilgan tahriridan foydalana olmaydi. Faqatgina format tanlash va suratni aylantirish mumkin.

Hozircha videolavhalar faqatgina mobil dasturdan yuklanadi.

Kompaniya servisning yangilangan veb-versiyasini 2017-yildan beri sinovdan o‘tkazmoqda. Ayni paytda unda “Qidiruv va qiziqarli ma’lumotlar” bo‘limi paydo bo‘ldi. Unda taklif etilgan do‘stlarning postinglari va boshqa foydalanuvchilarning mashhur suratlari ko‘rsatiladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: