Главная » Yangiliklar » ​Instagram foydalanuvchisi jonli efir vaqtida o`zini otib qo`ydi
​Instagram foydalanuvchisi jonli efir vaqtida o`zini otib qo`ydi

​Instagram foydalanuvchisi jonli efir vaqtida o`zini otib qo`ydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Instagram foydalanuvchisi jonli efir vaqtida o`zini otib qo`ydi
  • Дата релиза: 13-04-17, 16:54
​Instagram foydalanuvchisi jonli efir vaqtida o`zini otib qo`ydi
AQShda 13 yoshli o`smir do`stlari bilan Instagram ijtimoiy tarmog`idagi jonli efir vaqtida qo`lidagi to`pponchadan tasodifan o`zini otib qo`ydi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Malaki Xemfillning onasi va opasi 10 aprel kuni uning xonasidan o`q ovozini eshitishdi. Ular xonaga kirganda, Malaki boshidan yaralangan holda qonga belanib yotardi. Bolaning yonidagi telefonda esa hamon jonli efir davom etardi. Malaki kasalxonada olamdan o`tdi. Bo`lib o`tgan voqeani Internet orqali kuzatgan Malakining do`stlari undan xabar olish uchun uyiga kelishdi. O`smirning o`q otar qurolni qaerdan olganligi hozircha noma`lum, u qurolni tanishlaridan olgan, deb taxmin qilinmoqda. Mazkur voqeaga polisiya oydinlik kiritmoqda. Malakining ijtimoiy tarmoqdagi do`stlari tekshirilganda, uning turli xil akkauntlari mavjudligi ma`lum bo`ldi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: