Главная » Yangiliklar » iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi oshkor etildi
iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi oshkor etildi

iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi oshkor etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi oshkor etildi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:45
iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi oshkor etildi

Kuzda taqdim etilishi kutilayotgan yangi Apple iOS 8 operatsion tizimidagi yashirin fayllardan iPhone 6 displeyi necha pikselli bo‘lishi aniqlandi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi.

 iPhone 6 smartfonining 4,7 hamda 5,5 dyuym displeyli har ikki turi ham 828 × 1472 pikselli bo‘ladi. iPhone 5s displeyi esa 640 × 1136 pikselli bo‘lgan va uning piksel zichligi bir dyuymga 326 pikselni tashkil etgan.

 Agar iPhone 6 displeyi 828 × 1472 pikselli bo‘lsa, u holda 4,7 dyuym displeyli smartfon piksel zichligi bir dyuymiga 359 pikselni, 5,5 dyuym displeyli planshetofonniki esa bir dyuymiga 307 pikselni tashkil etadi.

 Taqqoslash uchun, LG G3 smartfonining displeyi 1440 × 2560 pikselli va uning piksel zichligi bir dyuymiga 538 piksel bo‘lsa, HTC One (M8) smartfonida esa bu ko‘rsatkich bir dyuymiga 441 pikselni tashkil etadi.

 iPhone 6 smartfonidagi ushbu piksel ko‘rsatkichlari rasman tasdiqlanmagan, yangi Apple smartfoni haqidagi barcha ma’lumotlar 9-sentabr kuni e’lon qilinishi kutamiz, hozircha

Логин:
Пароль: