Главная » Yangiliklar » iPhone 6’ning rekord darajada buyurtma qilinishi boshqa smartfonlarning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin
iPhone 6’ning rekord darajada buyurtma qilinishi boshqa smartfonlarning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin

iPhone 6’ning rekord darajada buyurtma qilinishi boshqa smartfonlarning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone 6’ning rekord darajada buyurtma qilinishi boshqa smartfonlarning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:24
iPhone 6’ning rekord darajada buyurtma qilinishi boshqa smartfonlarning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin
Apple kompaniyasi yaqindagina 70–80 million dona iPhone 6 smartfonlarini ishlab chiqarishni buyurtma qilgani haqida mish-mish e’lon qilingan edi.

Phonearena.com saytining ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, buning natijasida iPhone’ga raqib smartfonlarning narxi 5 foizdan 10 foizgacha oshishi mumkin. Chunki smartfon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar katta hajmda iPhone 6 tayyorlashga safarbar qilingan bo‘lsa, boshqa smartfonlarning ishlab chiqarilishi susayadi. Bu esa talab bor paytda taklifning kamayishini, shuning uchun mahsulot narxi ko‘tarilishini bildiradi.

Masalan, Apple kompaniyasi mahsulotlarini eng katta ishlab chiqaruvchisi – Foxconn kompaniyasi iPhone’dan tashqari Nokia, Motorola, Microsoft, Sony, BlackBerry kabi kompaniyalarning smartfonlarini ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Apple’ning rekord darajada iPhone 6 ishlab chiqarishni buyurtma qilishi esa boshqa smartfonlarning ishlab chiqarilishini kamaytiradi.

Kuzda iPhone 6 taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, iPhone 6 bilan bir mavsumda Sony Experia Z3, Samsung Galaxy Alpha, BlackBerry Passport smartfonlarining taqdimoti ham bo‘lishi rejalashtirilgan.

Qiziq, Apple’ning katta hajmdagi buyurtmasi boshqa smartfonlar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatar ekan
Логин:
Пароль: