Главная » Yangiliklar » iPhone 6 taqdimoti bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan joyda o‘tkaziladi
iPhone 6 taqdimoti bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan joyda o‘tkaziladi

iPhone 6 taqdimoti bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan joyda o‘tkaziladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone 6 taqdimoti bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan joyda o‘tkaziladi
  • Дата релиза: 31-08-14, 16:44
iPhone 6 taqdimoti bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan joyda o‘tkaziladi

Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni katta tadbir o‘tkazilishini rasman tasdiqladi. Ushbu tadbirda kompaniyaning yangi iPhone 6 smartfoni va iWatch aqlli soati taqdim etilishi kutilmoqda.

 Ushbu tadbir bundan 30 yil avval Stiv Jobs Macintosh kompyuterini taqdim etgan The Flint Center’da o‘tkaziladi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 Apple ancha paytdan beri bu joyda tadbir tashkil qilmas, kompaniyaning tadbirlari San-Fransiskodagi Yerba Buena markazida yoki Cupertinoda o‘tkazilar edi.

 Hozirda The Flint Center’da katta qurilish ishlari davom etmoqda va dekoratsiyalar qurilmoqda. Apple u joyni kub shakliga o‘xshash qilib bezatmoqda va yaqin kunlarda tadbir o‘tkaziladigan joy tayyor holatga keladi hamda uning suratlari taqdim etilishi mumkin.

 The Flint Center o‘ziga xos tarixiy maskan bo‘lib, 9-sentabrda o‘tkaziladigan tadbirda ham Apple ushbu tarixga mos katta yutuqlarga erisha oladigan gadjetlarni taqdim etishi kutilmoqda.

Логин:
Пароль: