Главная » Yangiliklar » iPhone’ning batareyasi almashtirilganda tezroq ishlashi aniqlandi
iPhone’ning batareyasi almashtirilganda tezroq ishlashi aniqlandi

iPhone’ning batareyasi almashtirilganda tezroq ishlashi aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone’ning batareyasi almashtirilganda tezroq ishlashi aniqlandi
  • Дата релиза: 12-12-17, 09:27
iPhone’ning batareyasi almashtirilganda tezroq ishlashi aniqlandi
Reddit tarmog‘ining TeckFire taxallusli foydalanuvchisi iPhone 6s smartfonining yangi batareyali modeli eski batareyalisidan ko‘ra yaxshiroq ishlashiga e’tibor qaratdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

U iPhone 6s yangilanishdan so‘ng ham sekin ishlayotganini payqagan. Shundan so‘ng u akasiga tegishli iPhone 6s dan foydalangan va uning tezroq ishlayotganini ko‘rgan. Keyin esa TeckFire o‘z smartfonining batareyasini almashtirishga qaror qilgan.

Batareya almashtirilganidan so‘ng TeckFire smartfonni tekshirib ko‘rgan va uning tezligi oshganiga guvoh bo‘lgan. TeckFire’ning qayd etishicha, Apple eski batareyalar bilan smartfonlarning ishini ataylab sekinlashtirmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: