Главная » Yangiliklar » «ISh JOYIDA OLINGAN JAROHAT KIMNING BO`YNIDA?»
«ISh JOYIDA OLINGAN JAROHAT KIMNING BO`YNIDA?»

«ISh JOYIDA OLINGAN JAROHAT KIMNING BO`YNIDA?»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: «ISh JOYIDA OLINGAN JAROHAT KIMNING BO`YNIDA?»
  • Дата релиза: 25-11-17, 12:12
«ISh JOYIDA OLINGAN JAROHAT KIMNING BO`YNIDA?»
2006 yili ish payti avtohalokatga uchrab, jarohat olganman. Shuni deb hozir nogiron bo`lib qoldim. Eshitishimcha, bunday vaziyatlarda xodim etkazilgan zarar uchun kompensasiya so`rashga haqli ekan. Oradan shuncha yil o`tib endi ham zararni undirish da`vosi bilan murojaat qilsam bo`ladimi?

Ismi sir tutildi.

O`z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan etkazilgan har qanday (shu jumladan, ma`naviy) zararni ish beruvchi to`liq hajmda to`laydi.

Fuqaro jarohatlanganda yoki uning sog`ligiga boshqacha shikast etkazilganida jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin bo`lgan yo`qotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast etkazilishi tufayli qilgan qo`shimcha harajatlari, shu jumladan davolanish, qo`shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo`ydirish, birovning parvarishida bo`lish, sihatgohlarda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga o`tish harajatlarining o`rni qoplanishi lozim. Fuqarolarning hayotiga va sog`ligiga etkazilgan zararni to`lash haqidagi talablarga da`vo muddatlari joriy etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: