Главная » Yangiliklar » Ishlovchi pensioner o`qituvchilarga ham pensiya to`liq to`lanadi
Ishlovchi pensioner o`qituvchilarga ham pensiya to`liq to`lanadi

Ishlovchi pensioner o`qituvchilarga ham pensiya to`liq to`lanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ishlovchi pensioner o`qituvchilarga ham pensiya to`liq to`lanadi
  • Дата релиза: 06-09-18, 15:46
Ishlovchi pensioner o`qituvchilarga ham pensiya to`liq to`lanadi
Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq xalq ta`limi tizimini isloh qilishning asosiy yo`nalishi etib jumladan maktab va maktabdan tashqari ta`limni sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish belgilandi.

Endilikda, xalq ta`limi boshqarmalari rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari, maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasi hokimlar bilan kelishilmaydi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab maktablar faoliyati samaradorligi bo`yicha reytingi tuziladi. Reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab maktablarda ishlayotgan pensioner xodimlarga pensiya to`liq miqdorda to`lanadi.

2019 yil 1 martdan boshlab maktablarga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2018 yil 1 oktyabrdan boshlab maktablarning vasiylik kengashlari tugatilib, uning o`rniga tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo`shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

Kuzatuv kengashlari, jumladan Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan maktab direktorini saylash, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritadi.

2019 yil 1 yanvarga qadar o`qituvchilarni kadrlarini attestasiyadan o`tkazish tartibi qayta ko`rib chiqiladi, bunda asosiy mezon tegishli fanni o`qitish bo`yicha bilim va ko`nikma darajasi hisoblanadi.

Maktablar faoliyatini tekshirishning huquqiy asoslari yaratiladi, xususan maktablar faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qat`iy ro`yxati, tekshiruv tayinlash va o`tkazish mezonlarini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqiladi.

“Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqladi, unda xususan:

ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;
maktablarni, shu jumladan, o`quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o`quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o`quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash nazarda tutiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: