Главная » Yangiliklar » ​Italiyada rossiyalik qizning jasadi solingan chamadon topildi
​Italiyada rossiyalik qizning jasadi solingan chamadon topildi

​Italiyada rossiyalik qizning jasadi solingan chamadon topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Italiyada rossiyalik qizning jasadi solingan chamadon topildi
  • Дата релиза: 05-04-17, 17:08
​Italiyada rossiyalik qizning jasadi solingan chamadon topildi

Italiyaning Rimini portidan topilgan rossiyalik qizning jasadi solingan chamadonni uning onasi dengizga tashlagani ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shundan keyin qizning onasi Rossiyaga uchib ketgan. OAVlarning xabar berishicha, 27 yoshli Ekaterina Laktionova anoreksiya kasalligi tufayli olamdan o`tgan. So`nggi oyda qiz bir necha marotaba kasalxonada davolangan. U vafot etganda vazni bor-yo`g`i 35 kilogramm bo`lgan.

Qizning onasi Italiyada enaga bo`lib ishlagan, qizi vafot etgach, uning jasadini noma`lum sabablarga ko`ra uyida saqlagan, oradan bir hafta o`tgach, jasadni chamadonga solib, dengizga tashlagan. Jasad solingan chamadon topilishidan bir kun ilgari 48 yoshli rossiyalik ayol Moskvaga uchib ketgan va qilmishini bo`yniga olgan.

Bo`lib o`tgan voqea to`g`risda Italiya huquq-tartibot idorasi xodimlariga ayolning do`sti batafsil ma`lumot berdi. Uning aytishicha, ayol qizining o`limidan shok holatiga tushgan va uni batamom xotirasidan o`chirish uchun jasadni chamadonga solib, suvga uloqtirgan.

Rimini prokuraturasi mazkur voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`adi. Chiriy boshlagan jasad solingan chamadon 25 mart kuni topilgan. Tergovchilar uni joriy yilning fevral oyida sayohatda yo`qolgan Xitoyda yashovchi nemis qizning jasadi deb o`ylagan edi. Surishtiruv jarayonida chamadondagi jasad rossiyalik qizning o`ligi ekanligi aniqlandi.
Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: