Главная » Yangiliklar » Italiyada to‘qqiz yildan beri “ishlayotgan” shifokorning 15 kungina ish joyida bo‘lgani aniqlandi
Italiyada to‘qqiz yildan beri “ishlayotgan” shifokorning 15 kungina ish joyida bo‘lgani aniqlandi

Italiyada to‘qqiz yildan beri “ishlayotgan” shifokorning 15 kungina ish joyida bo‘lgani aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Italiyada to‘qqiz yildan beri “ishlayotgan” shifokorning 15 kungina ish joyida bo‘lgani aniqlandi
  • Дата релиза: 01-09-14, 22:02
Italiyada to‘qqiz yildan beri “ishlayotgan” shifokorning 15 kungina ish joyida bo‘lgani aniqlandi

To‘qqiz yildan beri o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan italiyalik shifokorning bor-yo‘g‘i 15 kun ish joyida bo‘lgani aniqlandi. Shifokor qolgan vaqtda ishga kelmasligi qonunbuzarlik hisoblanmagan. Negaki, u bu vaqtda turli kurslar, ta’til va davolanishda bo‘lgan. Shunga qaramay, u to‘liq maosh olgan, deb xabar bermoqda The Telegraph.

 Sitsiliyalik shifokor 2005-yil Kataniya provinsiyasidagi shifoxonalardan biriga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashadi. U o‘sha kunning o‘zidayoq universitet darslariga qatnay boshlaydi. 2008-yil 31-oktabr kuni ish joyiga qaytgach, shifokor oilaviy sabablar tufayli maosh to‘lanadigan ta’til oladi. Ta’til 2009-yilning may oyiga qadar davom etadi.

 Shifoxonaga qaytgach, 15 kun ish faoliyatini olib borgan shifokor 2009-yil iyuligacha davolanish uchun ta’til oladi. U sog‘aygach, universitetdagi yana bir o‘quv kursiga yozilib, 2014-yilning iyuniga qadar tahsil oladi.

 Hozirda u 2016-yil dekabrda doktorlik darajasini olish uchun tayyorlanmoqda.

 Shifoxona bosh shifokori mazkur xodimini bir necha bor ish joyiga qaytarishga uringani, biroq barcha sabablar qonuniy bo‘lgani bois qo‘lidan kelmaganini aytdi. Sitsiyalik esa, o‘z navbatida, uni ishdan qochishda ayblash adolatsizlik ekanligini ta’kidlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, olgan barcha bilimlari ishga qaytganida shifoxona uchun faqat foyda keltiradi.

 Shunga qaramay, mazkur voqea Italiyadagi qonuniylikni ta’minlagan holda ishdan qochayotgan minglab davlat xodimlarining bir misoli sifatida qaralmoqda.

 Voqea yuzasidan Italiya hukumati tergov ishlarini boshladi.

Логин:
Пароль: