Главная » Yangiliklar » Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi
Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi

Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi
  • Дата релиза: 25-12-17, 22:54
Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi
Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” internet-nashri uchun “Daryo cover” loyihasini tashkillashtirdi. Loyihada endigina san’at olamiga qadam qo‘ygan iste’dodli yoshlar jonli ijroda ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini kuylashadi.

Loyihaning birinchi mehmoni Zo‘r tv telekanalining “The cover up” loyihasi orqali ko‘plab muxlislar orttirgan yosh xonanda Zohida bo‘ldi.
Zohida “Daryo cover” lohihasida O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, xonanda Shahzoda, “Sahar” guruhining hamda chet ellik xonandadalarning qo‘shig‘ini o‘zining talqinida kuyladi. “Daryo cover”ning ilk sonida Zohida “Zebo” deb nomlangan mualliflik qo‘shig‘ini ham kuylab berdi.
Shuningdek, Zohida “The cover up” ko‘rsatuvida hakamlik qilgan xonandalarning ishtirokchilarga qo‘ygan ballariga e’tiroz bildirdi.

Jahongir Otajonovning Mushtariyga umuman ball qo‘ymasligini noto‘g‘ri deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda 5-6 ball qo‘yishlari kerak edi, chunki Mushtariy ozmuncha harakat qilgani yo‘q, turkcha nolalar bilan ijro qilish juda ham mushkul. Ayniqsa inglizcha, ispancha qo‘shiqlar aytib yurgan qiz turkcha nolalar bilan qo‘shiq aytganini ham hisobga olib yaxshiroq ball qo‘ysalar bo‘lardi.

O‘zimga keladigan bo‘lsak, Ruslan Sharipovning qo‘ygan ballariga ozgina norozi bo‘lganman. O‘zimda xatolik bo‘lganini tan olaman, lekin qo‘ygan ballari mehnatimizga yarasha bo‘lmadi deb hisoblayman. Bu mening shaxsiy fikrim, balki bu ko‘plarga yoqmagandir, ammo ular mehnatimizga yarasha ball qo‘ymadilar degan fikrdaman.

Zohida, xonanda

Ma’lumot uchun, Zohida 1995-yil 10-may kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Olti yoshidan musiqa bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh xonanda, bugungi kunda O‘zbekiston davlat Konservatoriyasining an’anaviy xonandalik bo‘limida o‘qishni davom ettirmoqda.

Loyiha “Dilshoh media” kinokompaniyasi tomonidan suratga olindi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: