Главная » Yangiliklar » ​JAMILA G`OFUROVA "ShAKIRA" BO`LGANI, ALLAMBALO RAQSI VA OChIQ KIYINGANI YuZASIDAN E`TIROZLARGA JAVOB BERDI
​JAMILA G`OFUROVA

​JAMILA G`OFUROVA "ShAKIRA" BO`LGANI, ALLAMBALO RAQSI VA OChIQ KIYINGANI YuZASIDAN E`TIROZLARGA JAVOB BERDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​JAMILA G`OFUROVA "ShAKIRA" BO`LGANI, ALLAMBALO RAQSI VA OChIQ KIYINGANI YuZASIDAN E`TIROZLARGA JAVOB BERDI
  • Дата релиза: 16-08-17, 17:49
​JAMILA G`OFUROVA "ShAKIRA" BO`LGANI, ALLAMBALO RAQSI VA OChIQ KIYINGANI YuZASIDAN E`TIROZLARGA JAVOB BERDI
Aktrisa Jamila G`ofurova "Daryo" internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Suhbat davomida aktrisa chet ellik estrada yulduzi Shakiraga taqlid qilib o`ynagan allambalo raqsiga izoh berdi.

"Biz bu klipni ekranlarga chiqarmoqchi emas edik, bu unaqa klip emas. Bu to`y liboslari salonining reklamasi edi. Chet ellik xonandalarga taqlid qilish, o`xshatish loyihasi edi.

Kiyimlarimizga ham ko`p e`tirozlar bildirildi, u kiyimning ochiq joylarida material bor edi. Hozirgi vaqtda bunaqa ko`ylaklarni o`zbek oilalarida hamma kiymoqda, bunaqa ko`ylaklarni bitta biz kiyib chiqqanimiz yo`q.

Men aktrisaman, menga Shakira bo`lib bering deyishdi, men Shakirani hamma raqsini bilaman. Bu haliyam men o`zimizning kanallarimizda berayotgan kliplarga mos holatda tushgan raqslarim bo`ldi.

Bizlarga e`tiroz bildirganlar o`zimizning telekanallarimizda xonandalarimizning kliplarini ko`rishadi, ammo ularga indamaydi, chunki ularni doim ko`rib kelgan. O`sha xonandalarning klipida bundan battar raqslarni ham qilishadi, bundan battar kiyinishadi ham. Tomoshabinlar bizni bunday holatda ko`rishmagani uchun shunday e`tirozlar bo`ldi, deb o`ylayman",— deydi Jamila G`ofurova.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: