Главная » Yangiliklar » ​Jarimadan norozi haydovchi sudga murojaat qilganda uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi
​Jarimadan norozi haydovchi sudga murojaat qilganda uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi

​Jarimadan norozi haydovchi sudga murojaat qilganda uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Jarimadan norozi haydovchi sudga murojaat qilganda uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi
  • Дата релиза: 05-05-17, 22:44
​Jarimadan norozi haydovchi sudga murojaat qilganda uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi
Kuni kecha Toshkent shahar IIBB tomonidan tashkil etilgan matbuot brifingida jurnalistlar tomonidan videokamera tomonidan qayd etilgan jarimadan norozi bo`lib, sudga murojaat qilgan fuqarolar bor yoki yo`qligi haqida savol bilan murojaat qilindi.

Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi jamoat va OAV bilan aloqa qilish bo`limi inspektori Alisher Abdukadirov mazkur savolga quyidagicha javob berdi.

— Jarimadan norozi bo`lgan haydovchilardan murojaatlar bo`lyapti sudlarga. Haydovchining sudga murojaati biz orqali qabul qilinadi, sababi sudga ariza bayonnoma bilan birga topshirilishi lozim. Ma`muriy kodeksda yozib qo`yilgan: agar haydovchi o`z qarori bilan norozi bo`lsa, unda u ariza bilan murojaat qiladi va haydovchiga nisbatan yo`l harakati xizmati xodimlari tomonidan bayonnoma tuziladi. Sudga ariza ma`muriy bayonnoma bilan birga chiqariladi.

Agar sud qarorni kuchda qoldiradigan bo`lsa, unda haydovchining ma`muriy ishi umumiy tarzda ko`rib chiqiladi. Ya`ni uning oldingi qoidabuzarliklari ham inobatga olinadi. Aytaylik, tezlikni oshirish yohud svetoforning taqiqlovchi chirog`idan o`tishda bu qoidabuzarlik bir necha bor amalga oshirilgan bo`lsa javobgarlikning ketma-ketligi hisobga olinadi.

Agarda haydovchi videokamera tomonidan qayd etilgan qoidabuzarligini sudga murojaat qilmasdan qaror bo`yicha to`lasa, unda oldingi qoidabuzarliklari ko`rib chiqilmaydi va bu birinchi qoidabuzarlik sifatida qabul qilinadi.

Sud qanday qaror qabul qilish yoki qilmasligi esa to`liq uning vakolatiga sanaladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: