Главная » Yangiliklar » Jastin Bieberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi
Jastin Bieberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi

Jastin Bieberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jastin Bieberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi
  • Дата релиза: 06-06-14, 20:54
Jastin Bieberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi

Qo‘shiqchi Jastin Biberning irqiy haqoratomuz qo‘shiqni kuylagani aks etgan videolavha internetda tarqalib ketdi.

Ushbu qo‘shiq Biberning One Less Lonely Girl xit taronasining irqiy haqoratomuz talqinidir. Uning matnida qiz o‘rniga afroamerikalik haqida so‘z boradi. “Men uni o‘ldirsam, yolg‘iz qora tanlilar bittaga kamayadi”, — deb kuylaydi Biber.

Tarqalgan video bundan besh yil avval suratga olingan bo‘lib, unda yosh qo‘shiqchi irqiy kamsituvchi latifani ham so‘zlab bergan.

Mirror xabar berishicha, tovlamachilar Biberdan ushbu videolavha evaziga bir million dollar talab qilgan. Qo‘shiqchi uni to‘lashdan bosh tortgach, video internetga joylangan.

Biber esa o‘zining nomaqbul qilig‘i uchun omma oldida uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.

Логин:
Пароль: