Главная » Yangiliklar » Jeki Chan giyohvand modda bilan hibsga olingan o‘g‘li uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi
Jeki Chan giyohvand modda bilan hibsga olingan o‘g‘li uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi

Jeki Chan giyohvand modda bilan hibsga olingan o‘g‘li uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jeki Chan giyohvand modda bilan hibsga olingan o‘g‘li uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:48
Jeki Chan giyohvand modda bilan hibsga olingan o‘g‘li uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi

Osiyo va Gollivud jangari filmlari yulduzi Jeki Chan giyohvand moddalarni saqlaganlikda ayblanib hibsga olingan o‘g‘li Jeysidan darg‘azabligi, bundan shok holatidaligi va uning uchun uyalib qolganini aytdi. “Bu haqda bilgach, qattiq g‘azablandim”, — deb yozdi u o‘z mikroblogida.

 “Jamoat arbobi sifatida uyaldim, ota sifatida esa xafa bo‘ldim va hafsalam pir bo‘ldi. Lekin hammadan ham Jeysining onasiga qiyin bo‘ldi”, — deya ko‘nglini ochdi aktyor. U yosh avlod bunday xatolardan xulosa chiqarib, narkotiklardan uzoq yurishiga umid bildirdi.

 Jeki Chan o‘z o‘g‘liga yuzlanib, uning noma’qul ish qilgani va buning oqibatlari uchun javob berishi kerakligini aytdi. “Biroq men sening otangman va doimo sen bilanman. Jeysi va o‘zim nomimdan barchadan uzr so‘rab qolaman”, — dedi u.

 Eslatib o‘tamiz, yaqinda XXR poytaxti Pekinda xitoylik mashhur aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi Chan giyohvand modda tufayli hibsga olindi. 32 yoshli Jeysi Chan do‘sti, 23 yoshli mashhur tayvanlik aktyor Ke Chjendun bilan birgalikda qo‘lga olingan. Ularning qachon va qanday sharoitda hibsga olingani haqida ma’lumot berilmadi.

Логин:
Пароль: