Главная » Yangiliklar » ​​KAM TA`MINLANGANLAR UChUN QARIYB 15 MLN. MIQDORIDAGI MIKROKREDITLAR BERILADI
​​KAM TA`MINLANGANLAR UChUN QARIYB 15 MLN. MIQDORIDAGI MIKROKREDITLAR BERILADI

​​KAM TA`MINLANGANLAR UChUN QARIYB 15 MLN. MIQDORIDAGI MIKROKREDITLAR BERILADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​​KAM TA`MINLANGANLAR UChUN QARIYB 15 MLN. MIQDORIDAGI MIKROKREDITLAR BERILADI
  • Дата релиза: 26-10-17, 16:52
​​KAM TA`MINLANGANLAR UChUN QARIYB 15 MLN. MIQDORIDAGI MIKROKREDITLAR BERILADI
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 857-sonli “Kam ta`minlangan oilalarni bandlik bilan ta`minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan “Kam ta`minlangan oilalarni bandlik bilan ta`minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to`g`risidagi Nizom” tasdiqlandi.

Nizom talablariga ko`ra, mikrokreditlar qaytarishlik, to`lovlilik, ta`minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

Qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 6 oygacha bo`lgan imtiyozli davr bilan, 3 yildan ko`p bo`lmagan muddatga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 4 foiz stavkada ajratiladigan mikrokreditlar bilan kam ta`minlanganlar tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta`minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik-issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og`ilxona va tovuqxona qurish, bog`dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish) maqsadlarini amalga oshirishlari mumkin.

ESLATIB O`TAMIZ: mamlakatimizda bugungi kunda amalda bo`lgan eng kam ish haqi 149 775 so`mni tashkil etadi.

Mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mikrokredit olish uchun so`ralgan ariza; shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokredit so`raltan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi ko`rsatilgan o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma`lumotnoma; mikrokreditni qaytarishning ta`minlanishi to`g`risida hujjat talab etiladi.

Bankka mol-mulk garovi; tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasi kafolati; uchinchi shaxs kafilligi; qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug`urta qilinganligi mikrokreditlar qaytarilishining ta`minoti hisoblanadi.

Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda xisobvaragidan uning tulov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`iga pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.Qarz oluvchi mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlarni nakd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining omonat hisobvaragidan pul o`tkazib berish yo`li bilan to`lashi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: