Главная » Yangiliklar » Kelesda hech qanday “maxluq” yo‘qligi e’lon qilindi
Kelesda hech qanday “maxluq” yo‘qligi e’lon qilindi

Kelesda hech qanday “maxluq” yo‘qligi e’lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Kelesda hech qanday “maxluq” yo‘qligi e’lon qilindi
  • Дата релиза: 08-07-14, 18:21
Kelesda hech qanday “maxluq” yo‘qligi e’lon qilindi
Zangiota tumani, Keles shahri hokimi o‘rinbosari Dilmurod Muhamedov tumanda qandaydir maxluq paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan hayron bo‘ldi va bunday mavjudot borligini rad etdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda, deb yozadi “Kun”.

Hokim o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu katta ehtimol bilan bolalar yoki o‘smirlar tomonidan o‘ylab chiqilgan bir hazil bo‘lishi mumkin, xolos.

Shuningdek, Keles shahri ichki ishlar bo‘limi ham hech qanday “maxluq” yo‘qligini, bu kimningdir qo‘pol hazili ekanligini ma’lum qilgan.

UZ24’ning qayd etishicha, hozirgi vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari hodisa tafsilotlarini aniqlamoqda va bezorilarni topishga urinmoqda.

O‘z navbatida, Sayyod.uz’ning xabar berishicha, 6-iyul, yakshanba kuni Keles yo‘lidagi ko‘prikda 200 ga yaqin odam to‘plangan, militsiya xodimlari ularni tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Sayyod.uz muxbirining ma’lum qilishicha, odamlar orasida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lgan ushbu mish-mishlarni kim tarqatgani aniqlashga harakat qilingan va 2-3 nafar o‘smir qo‘lga olingan. “Biroq birorta fakt yo‘q, unisi bu deydi, bunisi bu”, — deb yozadi sayt.

Kelesda qandaydir “maxluq” tomma-tom yurib, odamlar tinchini buzib, tosh otib yurgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga zid va safsatadan boshqa narsa emas.
Логин:
Пароль: