Главная » Yangiliklar » «KELINIM DO`Q QILAYaPTI...»
«KELINIM DO`Q QILAYaPTI...»

«KELINIM DO`Q QILAYaPTI...»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: «KELINIM DO`Q QILAYaPTI...»
  • Дата релиза: 03-11-17, 20:57
«KELINIM DO`Q QILAYaPTI...»
— O`g`lim bilan kelinim ikki yil birga yashab, gapi-gapiga to`g`ri kelmadi chog`i hozirda birga yashashmaydi. O`rtalarida bir farzand bor. O`g`lim ayni dam xorijda. O`zim ko`zi ojiz ayolman. Kelinim «shifoxonada davolandim, qaramadinglar» deb, po`pisa qilavergach, topganimni yig`ib-terib olib bordim. Ammo «bu kam, mana ko`rasizlar, bir yillik moddiy zararni undirib olaman» deb battar to`palon ko`tardi. O`g`lim bu erda bo`lmasa, kelinimning shunday qilishga haqqi bormi?

Dilfuza To`xtaeva javob beradi: — Amaldagi qonunlarga ko`ra, keliningiz unga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni undirish masalasida da`vo qo`zg`atishga haqli. Lekin shunday qilgan taqdirida, o`ziga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni isbotlashi kerak bo`ladi. Qonuniy umr yo`ldoshi, farzandining otasi hayot ekan, sizdan moddiy yordam talab qilishga haqli emas.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: