Главная » Yangiliklar » Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi
Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi

Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi
  • Дата релиза: 22-06-17, 12:17
Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi
Rossiyaning Kirov viloyatidagi Kotelnich shahrida yashovchi bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mahalliy OAVlarda 2008 yilda tug`ilgan bola oynali eshikka urilib, shisha uning bo`ynini kesib ketganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi. Shifokorlar bolaga tibbiy yordam ko`rsatib, uning bo`ynidan shisha parchalarini tergan.

Ammo oradan bir hafta o`tganiga qaramay, bolaning bo`ynidagi og`riq to`xtamagan. Viloyat markazida qaytadan o`tkazilgan rentgenogramma natijasida jarohatda yana shisha parchasi qolganligi aniqlandi va olib tashlandi. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan inson hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermagan holda xizmat ko`rsatilgani uchun jinoiy ish qo`zg`atildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: