Главная » Yangiliklar » KOLLEJ O`QUVChISI QO`ShNISIGA PIChOQ BILAN ZARBA BERDI
KOLLEJ O`QUVChISI QO`ShNISIGA PIChOQ BILAN ZARBA BERDI

KOLLEJ O`QUVChISI QO`ShNISIGA PIChOQ BILAN ZARBA BERDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: KOLLEJ O`QUVChISI QO`ShNISIGA PIChOQ BILAN ZARBA BERDI
  • Дата релиза: 20-11-17, 19:28
KOLLEJ O`QUVChISI QO`ShNISIGA PIChOQ BILAN ZARBA BERDI
2017 yil 18 noyabr kuni soat 14:30 da, Toshkent tumanida yashovchi, maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi 1970 yilda tug`ilgan qo`shnisiga pichoq bilan jarohat etkazdi.

UzNews.uz muxbiriga Toshkent viloyati IIBda berilgan xabarga ko`ra, hodisa 47 yoshli qo`shni kollej o`quvchisining telefon raqamini uchinchi shaxsga berganligi oqibatida kelib chiqgan. Jahl otiga mingan talaba qo`shnisining uyiga borib, nima uchun telefon raqamini tarqatib yurganligiga izoh talab qilgan. O`z navbatida, spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan 47 yoshli fuqaro talaba bilan qo`pol tarzda gaplashgan. Shunday qilib, 18 yoshli talaba qo`shnisining qorin qismiga oshxona pichog`i bilan jarohat etkazgan.

Natijada jabrlanuvchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari Toshkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: