Главная » Yangiliklar » KOMMUNAL TO`LOVLARGA NIMALAR KIRADI?
KOMMUNAL TO`LOVLARGA NIMALAR KIRADI?

KOMMUNAL TO`LOVLARGA NIMALAR KIRADI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: KOMMUNAL TO`LOVLARGA NIMALAR KIRADI?
  • Дата релиза: 09-11-17, 20:45
KOMMUNAL TO`LOVLARGA NIMALAR KIRADI?
— Kommunal to`lovlarga qanday xarajatlar kiradi? Shu haqda batafsil ma`lumot bersangiz.

M.Mamadalieva Namangan viloyati, Norin tumani

D.AZIMOV, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 340-sonli qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining Nizomiga muvofiq vazirlikning asosiy vazifalari etib, ichimlik suv va issiqlik ta`minoti, oqova suv xizmatlarini ko`rsatish hamda ko`p xonadonli uy-joy fondini saqlash ishlarini muvofiklashtirib borish belgilangan.

Shuni inobatga olib, vazirlik faoliyati yo`nalishi bo`yicha ichimlik va oqova suvi, issiqlik ta`minoti hamda ko`p xonadonli uy-joy fondini saqlash xarajatlari uchun tegishli to`lovlar kommunal to`lovlar sirasiga kiradi.

Bundan tashqari, elektr energiya va tabiiy gaz ta`minoti hamda maishiy chiqindilarni tozalash va boshqa kommunal xizmatlarni ko`rsatish mos ravishda "O`zbekenergo" AJ, "O`ztransgaz" AK, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va ularning hududiy bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: