Главная » Yangiliklar » Kompyuterni ovoz yordamida buzish yo‘li topildi
Kompyuterni ovoz yordamida buzish yo‘li topildi

Kompyuterni ovoz yordamida buzish yo‘li topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Kompyuterni ovoz yordamida buzish yo‘li topildi
  • Дата релиза: 29-12-17, 21:16
Kompyuterni ovoz yordamida buzish yo‘li topildi
Har qanday kompyuter tizimining ishini ovoz to‘lqinlari yordamida ishdan chiqarish mumkin. Bu haqda Gizmodo ma’lum qildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xakerlar ovozni ma’lum chastotada qo‘ygan holda tebranishlar hosil qilish uchun to‘lqinlardan foydalanishi mumkin. Aksariyat zamonaviy qattiq disklar kuchli tebranishda ma’lumotlar yo‘qolishi yoki zararlanishining oldini olish uchun avtomatik tarzda o‘chadi. Favqulodda o‘chish qurilma ishida jiddiy nosozlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tajriba shunday hujum ehtimolini ko‘rsatgan. Ovozli ta’sirning davomiyligiga bog‘liq ravishda tizim yoki vaqtincha ishdan chiqadi, yoki qayta tiklanish uchun qayta yuklashni so‘raydi.

O‘zining qulayligi uchun qattiq disklar deyarli barcha qurilmalarda foydalaniladi, shuning uchun hujumga har qanday kompyuter uchrashi mumkin, shu jumladan, videokuzatuv apparatlari, bankomatlar va hatto butun kompyuter tizimlari.

Mutaxassislar ma’lumotlarni himoyalash uchun muhim akustik himoya qurilmalarini o‘rnatishni tavsiya qilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: