Главная » Yangiliklar » ​Krasnodarlik fuqaro “o`zga sayyoraliklar”ning ustidan polisiyaga arz qildi
​Krasnodarlik fuqaro “o`zga sayyoraliklar”ning ustidan polisiyaga arz qildi

​Krasnodarlik fuqaro “o`zga sayyoraliklar”ning ustidan polisiyaga arz qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Krasnodarlik fuqaro “o`zga sayyoraliklar”ning ustidan polisiyaga arz qildi
  • Дата релиза: 06-06-17, 16:17
​Krasnodarlik fuqaro “o`zga sayyoraliklar”ning ustidan polisiyaga arz qildi
Krasnodar o`lkasining Vodniki posyolkasida yashovchi erkak ulkan o`zga sayyoraliklarning Erga bostirib kelgani haqida polisiyaga ariza yozdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Mazkur kulgili holat yuzasidan Krasnodar o`lkasi polisiyasining matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan erkak dalada ulkan fazoviy kemani ko`rganligini, undan skafandr kiygan, qurollangan etti metrli gumanoidlar tushganligini ma`lum qildi. U o`zga sayyoraliklar Rossiya federasiyasi havo kengliklarini buzib kirganligi to`g`risida polisiyaga xabar berishga shoshilganligini bildirdi. Voqea joyiga etib kelgan uchastka inpektori o`zga sayyoraliklarning erga hujum qilish holati yuzasidan guvohlarni izlab, mahalliy aholini so`roq qildi. Ammo birorta odam o`zga sayyoraliklarning bostirib kelganligini tasdiqlamadi. Shundan keyin uchastka inspektori mazkur hududga hech qanday fazoviy kema qo`nmaganligi haqida rahbariyat nomiga bildirgi yozdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: