Главная » Yangiliklar » KREDITGA AVTOMOBIL OLISh UChUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?
KREDITGA AVTOMOBIL OLISh UChUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?

KREDITGA AVTOMOBIL OLISh UChUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: KREDITGA AVTOMOBIL OLISh UChUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?
  • Дата релиза: 21-10-17, 11:38
KREDITGA AVTOMOBIL OLISh UChUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?
— Turmush o`rtog`im ham, men ham yaxshi pensiya olamiz. Ushbu pensiyamizni asos qilib kreditga avtomobil olishimiz mumkinmi?

Erkin Imomov, Buxoro viloyati Jondor tumani

Sherzod ATABAEV, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rais o`rinbosari:

O`zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi Qonunining 22-moddasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadirlari to`g`risida" 1998 yil 2 oktyabrdagi PF-2084-sonli Farmoni talablariga asosan tijorat banklari kredit operasiyalarini bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan "Kredit siyosati" asosida mustaqil amalga oshiradilar.
Mazkur konunning 20-moddasida banklar bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqil ekanliklari, 28-moddasida bank operasiyalari bo`yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustakil belgilanishi, 31-moddasida banklar va ularning mijozlari o`rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Iste`mol krediti (avtokredit) berish borasidagi munosabatlar O`zbekiston Respublikasining "Iste`mol krediti to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq tartabga solinadi.

Mazkur Qonunning 3-moddasiga ko`ra, iste`mol krediti jismoniy shaxsga (iste`molchiga) uning iste`mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Qonunning 7-moddasida iste`mol krediti o`z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo`lgan jismoniy shaxslarga berilishi belgilangan.

Ushbu Qonunning 8-moddasiga asosan, iste`molchi iste`mol krediti (avtokredit) olish uchun kredit buyurtmasini va o`z daromadlari to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan boshqa hujjatlarni iste`mol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda iste`mol krediti (avtokredit) ajratish yuzasidan O`zbekiston Respublikasining "Iste`mol krediti to`g`risida"gi Qonunida belgilangan tartibda tijorat banklari va ularning filiallariga yozma murojaat qilinishi maqsadga muvofiq.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: