Главная » Yangiliklar » LG G3 ommaboplikda Samsung Galaxy S5’ni ortda qoldirdi
LG G3 ommaboplikda Samsung Galaxy S5’ni ortda qoldirdi

LG G3 ommaboplikda Samsung Galaxy S5’ni ortda qoldirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: LG G3 ommaboplikda Samsung Galaxy S5’ni ortda qoldirdi
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:25
LG G3 ommaboplikda Samsung Galaxy S5’ni ortda qoldirdi
Janubiy Koreyada Samsung Galaxy S5’ga nisbatan LG G3 smartfoni ko‘proq sotilayotgani xabar qilindi, deb yozadi Mail.ru. Ushbu qurilma mamlakatda ancha ommalashib ketdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada sotuvga chiqarilganidan bir necha kun o‘tib, 25—30 mingta LG G3 sotilgan, bu LG G2’ning o‘tgan yilgi ko‘rsatkichidan deyarli ikki marta va Galaxy S5’ning dastlabki savdo hajmidan uch marta ko‘p demakdir.

Aytish kerakki, LG’ning marketing byudjeti Koreyada Samsung’nikidan ancha kam. Bu iste’molchilarga yangi flagman haqiqatan ma’qul tushganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, yangi telefon “romsiz” dizayn, orqa paneldagi sezilarsiz tugmalar va silliqlangan metall teksturasiga ega.

LG G3 5,5 dyuymli 2560×1440 pikselli displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor, 16/32 Gb ichki xotira, 13 megapikselli old kamera hamda 3000 mAh sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.

27-may kuni yangi smartfon San-Fransisko, Nyu-York va Londonda, bir kundan keyin Seul, Singapur va Istanbulda taqdim etildi.
Логин:
Пароль: