Главная » Yangiliklar » Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi
Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi

Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi
  • Дата релиза: 10-06-17, 01:30
Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi
Odatda ota-onalarda farzandini emlash borasida juda ko`p fikrlar to`qnashuvlari yuzaga keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu mavzu onalar o`rtasida eng ko`p muhokama qilinadigan dolzarb mavzulardan sanaladi.

Xonanda Lola YuNISEFning O`zbekistondagi rahbari Sasha Graumann bilan farzandlarimizni immunizasiyasi masalasida muhim masalalarni muhokama qilishdi. Lola bu haqda o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi va o`zining bolalarni emlashga doir fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Bu albatta ko`pchilik ota-onalar o`rtasida bahsli mavzu sanaladi va men nima yaxshi yoki yomonligini ta`kidlamoqchi emasman. Men shunchaki bu masalada o`z qarashlarim bilan o`rtoqlashishim mumkin. Men farzandlarim milliy emlash taqvimiga asosan to`liq emlangan bo`lishini ta`minlayman. Har yili immunizasiya butun dunyoda 2-3 million bolalar hayotini asrab qoladi. Vaksinalar yordamida biz poliomielit kabi kasallikdan qutulganmiz. Suvchechak kasalligi yo`q qilingan. Bizning ota-ona sifatida majburiyatimiz – farzandlarimizni himoya qilish. Shaxsan men vaksinasiya har bir bolaga hayotining ilk kunlaridan sog`lom hayot kechirish imkonini berishiga ishonaman. Vaksinalar ish beradi. P.S Farzandingizga qanday vaksina zarurligi yuzasidan shifokoringizga murojaat qiling”, deb yozadi Lola.

Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya holatni barqaror saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning zamonaviy tizimi yaratilgan. Milliy emlash taqvimiga muvofiq 18 yoshgacha bo`lgan bolalar 10 dan ortiq kasallikka qarshi emlanmoqda. Bunday keng ko`lamli chora-tadbirlar natijasida ilgarilari bolalar salomatligiga jiddiy tahdid tug`dirgan ko`plab kasalliklarning oldini olish, epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga erishilmoqda. Milliy emlash taqvimiga kiritilgan immunoprofilaktika tadbirlariga ketadigan mablag`lar davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: