Главная » Yangiliklar » ​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi
​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi

​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi
  • Дата релиза: 04-07-17, 14:31
​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi
Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo`lgan iboralarni yozib qoldirdi.

“Farzandingiz og`ir-bosiq, baxtli, o`ziga ishonchi yuqori bo`lib ulg`ayishini, eng asosiysi sizga hayotidagi eng asosiy inson sifatida ishonishini istaysizmi?

Men psixolog emasman, biroq siz bilan farzandlarimiz o`zlarini sevimli va himoyalangan his etishlari uchun ularga tez-tez aytib turishimiz lozim bo`lgan iboralarni bo`lishmoqchiman.

1. Men seni yaxshi ko`raman!

2. Sen hayotimizda borligingdan baxtlimiz!

3. Sen dunyodagi eng chiroyli qiz(bola)san!

4. Sen juda iste`dodlisan

5. Istagan narsangni gapirish va qilish uchun jur`atli bo`l!

6. Kechinmalaring haqida so`zla berishdan cho`chima! Ular taassurotlarini so`zlab berishsa, farzandingiz sizga sirini ishongani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang!

Mana shu so`zlarni farzandingizga imkon qadar ko`proq aytishga harakat qiling! Shundagina farzandingiz to`laqonli shaxs bo`lib voyaga etadi!”,—deb ta`kidlaydi xonanda.

Ma`lumot uchun, Lolaning ikki nafar farzandi bor. Uning qizining ismi Shahina, o`g`li esa Shohdiyor. Xonanda farzandlarining suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylab, ularning qiziqishlari, fikr va o`ylari haqida muxlislariga hikoya qilib keladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: