Главная » Yangiliklar » Lola Toshkentda kameralar ishga tushganidan so`ng avtomobil boshqarishni to`xtatdi
Lola Toshkentda kameralar ishga tushganidan so`ng avtomobil boshqarishni to`xtatdi

Lola Toshkentda kameralar ishga tushganidan so`ng avtomobil boshqarishni to`xtatdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lola Toshkentda kameralar ishga tushganidan so`ng avtomobil boshqarishni to`xtatdi
  • Дата релиза: 23-03-17, 00:57
Lola Toshkentda kameralar ishga tushganidan so`ng avtomobil boshqarishni to`xtatdi
Xonanda Lola Toshkent shahridagi chorraharga o`rnatilgan kameralar ishga tushgani uni ham intizomli bo`lishga undaganini ma`lum qildi.

“Xayrli tong! Ishga ketyapman. Yo`llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”,—deb yozdi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o`rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so`radi.

Ularga xonanda quyidagicha javob berdi:

“Men boshqa avtomomobil boshqarmayapman. Hayotim uchun mas`uliyatni ishonchli qo`llarga topshirdim”.

Ma`lumot uchun, Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o`rnatilgan kameralar 2017 yilning 15 martidan boshlab haydovchilar tomonidan yo`l qo`yilgan qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: