Главная » Yangiliklar » ​Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi
​Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi

​Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi
  • Дата релиза: 17-05-18, 11:54
​Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi
Ushbu sarlavhani o`qib, hayron bo`layotgandirsiz. “Yolg`on yoki mish-mish” deyishga shoshilmang. Chunki bu haqiqat!

Shou-biznesning eng mashhur vakilalari, uzoq yillardan buyon “araz”da bo`lishgan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so`zlarga qaraganda taklifni Lola Yo`ldoshevning o`zi bildirdi.

Hamkorlik qanday deyotgan bo`lsangiz, bunga ham javobimiz bor. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan — “Qo`lingda imkon” nomli duet bolalar uchun haqiqiy sovg`a bo`ladi. Darvoqe, bu hamkorlikda O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev va xonanda Shahriyor ham bor.

G`oya muallifi — Lola Yo`ldoshevaning o`zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klimeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.

Klipning tasvirga olish jarayoni Toshkent shahri, Samarqand viloyatida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor” stadionida, eski shahar ko`chalari va yurtimizning tog`li hududlarida bo`lib o`tdi.

Yana bir ma`lumot, ushbu klipda Lola Yo`ldoshevaning o`g`li Muhammaddiyor ham ishtirok etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: