Главная » Yangiliklar » Lolaning xonadonida to`y
Lolaning xonadonida to`y

Lolaning xonadonida to`y

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lolaning xonadonida to`y
  • Дата релиза: 25-04-17, 16:49
Lolaning xonadonida to`y
Xonanda Lola bundan bir necha kun avval o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qo`ygan surati muxlislar o`rtasida shov-shuvlarga sabab bo`ldi.

Unashtiruv patirlari aks ettirilgan suratlarni har kim turlicha talqin qildi. Kimdir Lolani turmushga chiqayotgani bilan tabriklasa, yana kimdir bu Lolaning emas, singlisining unashtiruvi ekanligini ta`kidladi.

Lola bugun mana shu mish-mishlarga chek qo`ydi va Instagram`dagi sahifasiga singlisi Asalning kelinlik libosidagi suratini joyladi. Demak, Lolaning xonadonida yaqin kunlarda karnay-surnay sadolari jaranglaydi. Xonandaning 19 yoshli singlisi Asal turmushga chiqmoqda.

Ma`lumot uchun, Lolaning singlisi Asal Moskva davlat xalqaro aloqalar instutida tahsil oladi. Asal Lolaning "Love me" va "Super love" kliplarida suratga tushgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: