Главная » Yangiliklar » Mahalliy ayolni zo‘rlashga uringani uchun AQSh aviabazasi xodimi Qirg‘izistonda to‘rt yilga qamaldi.
Mahalliy ayolni zo‘rlashga uringani uchun AQSh aviabazasi xodimi Qirg‘izistonda to‘rt yilga qamaldi.

Mahalliy ayolni zo‘rlashga uringani uchun AQSh aviabazasi xodimi Qirg‘izistonda to‘rt yilga qamaldi.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Mahalliy ayolni zo‘rlashga uringani uchun AQSh aviabazasi xodimi Qirg‘izistonda to‘rt yilga qamaldi.
  • Дата релиза: 04-06-14, 00:12
Mahalliy ayolni zo‘rlashga uringani uchun AQSh aviabazasi xodimi Qirg‘izistonda to‘rt yilga qamaldi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi Sverdlov tumani sudi Manas aeroportida joylashgan AQSh Harbiy-havo kuchlari aviabazasining servis xizmati xodimini to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Brendon Karnelius bezorilikda ayblandi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Asli AQShning Kaliforniya shtatidan bo‘lgan Karnelius Qirg‘izistonga ikki yil avval aviabaza servis xizmatida menejer bo‘lib ishlash uchun kelgan. Shu yilning iyunida uning shartnoma muddati tugashi kerak edi.

Mart oyida ushbu AQShlik mahalliy ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lgan, voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga jismoniy qarshilik ko‘rsatgan va ulardan birining pogonini yulib olgan. Bundan tashqari, militsiya punktidagi jihozni sindirgan.

Aksilterror kuchlar aviabazasi Manasda 2001-yil dekabrda ochilgan. U Afg‘onistondagi “Mustahkam ozodlik” operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan edi. Qirg‘iziston va AQSh kelishuviga ko‘ra, harbiylar 11-iyulgacha mamlakatni tark etadi.
Логин:
Пароль: