Главная » Yangiliklar » Maktab formasi bo'yicha monopoliyaga yo'l qo'yilmaydi
Maktab formasi bo'yicha monopoliyaga yo'l qo'yilmaydi

Maktab formasi bo'yicha monopoliyaga yo'l qo'yilmaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Maktab formasi bo'yicha monopoliyaga yo'l qo'yilmaydi
  • Дата релиза: 19-08-18, 21:35
Maktab formasi bo'yicha monopoliyaga yo'l qo'yilmaydi
O`qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirishga qaratilgan Prezident shuningdek Yagona maktab formasi bilan ta`minlashga oid Hukumat qarorlari bo`yicha matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Tadbirda Xalq ta`limi vazirligi boshqarma boshlig`i Akbar Tagaev ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berib o`tdi, xususan:

- uy-joy krediti bo`yicha maxsus tartib ishlab chiqilib tasdiqlanadi, unda uy-joylar qaysi mezonlar bo`yicha taqsimlanishi kabi masalalar qamrab olinadi;

- avtokredit barcha o`qituvchilarga berilmaydi, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan avtokredit ajratish tavsiya qilinadigan pedagog xodimlari bo`yicha ro`yxat shakllantiriladi, bunda ish staji, yutuqlari va boshqa shu kabi mezonlarga e`tibor qaratiladi;

- agar bu yilga maktab formasi olib qo`yilgan bo`lsa, yangi forma olish shart emas, o`sha formani kiyib maktabga kelishga ruxsat beriladi;

- monopoliyaga yo`l qo`yilmaydi, ya`ni maktab formasini kimdan olishni umuman ahamiyati yo`q, belgilangan standartga mos kelsa bo`ldi (maktab formani o`zlari tiktirsa ham bo`ladi);

- maktab formasi bo`yicha takliflar uchun bemalol murojaat qilish mumkin, ya`ni maktab formasi shu shaklda qolib ketmaydi, uch yilgacha fikr mulohazalar o`rganilib, tegishli o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: