Главная » Yangiliklar » MAOSh KEChIKTIRILSA, UNGA FOIZ QO`ShIB BERILADIMI?
MAOSh KEChIKTIRILSA, UNGA FOIZ QO`ShIB BERILADIMI?

MAOSh KEChIKTIRILSA, UNGA FOIZ QO`ShIB BERILADIMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: MAOSh KEChIKTIRILSA, UNGA FOIZ QO`ShIB BERILADIMI?
  • Дата релиза: 03-11-17, 20:55
MAOSh KEChIKTIRILSA, UNGA FOIZ QO`ShIB BERILADIMI?
— Qonunchiligimizda agar ish beruvchi xodimning maoshini kechiktirsa, unga qayta moliyalashtirish foizlarini ham qo`shib to`lashi kerakligi belgilab qo`yilganmi?

Abdumutal Egamqulov,Sirdaryo viloyati, Xovos tumani

Bahodir NIZOMOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag`larini g`ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to`lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg`arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag`lar summasiga foiz to`lanishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida ish beruvchi xodimning maoshini kechiktirsa, maoshning summasiga foiz to`lanishi belgilanmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: