Главная » Yangiliklar » ​Marhum bokschi Muhammad Alining o`g`li uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkin
​Marhum bokschi Muhammad Alining o`g`li uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkin

​Marhum bokschi Muhammad Alining o`g`li uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Marhum bokschi Muhammad Alining o`g`li uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkin
  • Дата релиза: 06-06-17, 09:51
​Marhum bokschi Muhammad Alining o`g`li uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkin
Marhum bokschi Muhammad Alining 45 yoshli o`g`li yaqin kunlarda uysiz-joysiz daydiga aylanishi mumkinligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Uning so`zlariga qaraganda, mashhur otasidan juda ham kam meros qolgan. Kichik Muhammad Ali do`stlarining uyida yashaydi. Rafiqasi uning qashshoqligidan charchab, tashlab ketgan.

Bokschi Muhammad Ali 2016 yilning 3 iyun kuni vafot etgan edi. O`g`lining aytishicha, otasidan qolgan 62 million dollar merosning hammasiga qarindoshlari egalik qilgan, unga esa “bor-yo`g`i 6 ming” dollar tekkan. Ayni paytda kichik Muhammad Ali Floridadagi do`stining uyida polda yotib, kun kechirmoqda, egulik olishga puli yo`q. Otasidan o`g`liga hech qanday meros qolmaganligini bilgan rafiqasi ikki farzandini olib, uni tashlab ketgan. Kichik Muhammad Ali ijaraga olgan uyning suv va elektroenergiyasi haqini to`lay olmagani uchun o`chirib qo`yilgan.

Bokschining o`g`li qarindoshlarini sudga berish bilan qo`rqitib, mazkur masalada jurnalistlardan yordam so`radi. Kichik Muhammad Ali otasining merosiga da`vogar bo`lgan yagona inson emas. Marhum bokschining 73 yoshli akasi Rahmon ham unga bir sent tegmaganligidan nolidi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: