Главная » Yangiliklar » ​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI
​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI

​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI
  • Дата релиза: 25-09-17, 13:29
​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki erkin valyuta siyosatiga o`tish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo`lgan salbiy ta`sirlarni yumshatish bo`yicha tavsiyalar berdi.

Markaziy bank tomonidan valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida tijorat banklari kredit portfelining xorijiy valyutadagi qismi bo`yicha vujudga kelishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar tahlil etildi.

Markaziy bank valyuta siyosatini liberallashtirish natijasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan salbiy ta`sirlarni yumshatish maqsadida tijorat banklari Boshqaruvlariga:

xorijiy valyutada kredit olgan har bir mijoz bilan birgalikda ushbu kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini o`rganib chiqish;

o`rganish natijasida mijozning pul oqimi amaldagi kredit shartnomasi bo`yicha o`z majburiyatini amalga oshirishga etmagan taqdirda, mijoz bilan birgalikda, oylik to`lovni 2017 yilning sentyabr oyiga qadar amalga oshirilgan to`lov miqdoridan kamaytirmagan holda, asosiy qarzni qaytarish miqdorini keyingi muddatlarga o`tkazish orqali kamaytirish yoki kreditni qaytarish muddatini uzaytirish yuzasidan kredit shartnomasiga tegishli o`zgartirishlar kiritish masalasini ko`rib chiqishni tavsiya qildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: