Главная » Yangiliklar » Mart oyida Toshkentda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 90 ming qoidabuzarlik aniqlandi
Mart oyida Toshkentda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 90 ming qoidabuzarlik aniqlandi

Mart oyida Toshkentda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 90 ming qoidabuzarlik aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Mart oyida Toshkentda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 90 ming qoidabuzarlik aniqlandi
  • Дата релиза: 07-04-17, 20:08
Mart oyida Toshkentda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 90 ming qoidabuzarlik aniqlandi
Yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mart oyida 89704 ta, hafta davomida 21900 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Bu haqda kuni kecha Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan matbuot brifingda ma`lumot berildi.

Shuningdek, chorrahalarga o`rnatilgan 883 ta kuzatuv kameralari yordamida 15 martdan 6 aprel kuniga qadar 51000 dan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 30 mingdan ziyodi svetoforning qizil chirog`idan harakatlanish va 21 mingdan ziyodi tezlikni belgilangan me`yoridan oshirish qoidabuzarliklarni tashkil etgan.

Hafta davomida esa jami 6371 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Kameralar ishga tushgandan buyon 15 martdan 6 aprelga qadar YTH bilan bog`liq jinoyatlar sodir etilishi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 31%, tan jarohati 25%ga kamaygan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: