Главная » Yangiliklar » Matiz boshqarayotganda internet orqali jonli efirga chiqqan qiz avtohalokatga uchradi (Video)
Matiz boshqarayotganda internet orqali jonli efirga chiqqan qiz avtohalokatga uchradi (Video)

Matiz boshqarayotganda internet orqali jonli efirga chiqqan qiz avtohalokatga uchradi (Video)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Matiz boshqarayotganda internet orqali jonli efirga chiqqan qiz avtohalokatga uchradi (Video)
  • Дата релиза: 24-03-17, 16:58
Matiz boshqarayotganda internet orqali jonli efirga chiqqan qiz avtohalokatga uchradi (Video)

Rossiyaning Qozon shahrida yashovchi qiz mashina boshqarib, internetdagi jonli efir orqali gaplashayotganda avtohalokatga uchradi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Daewoo Matiz avtomobilini boshqarib ketayotgan 22 yoshli qiz o`zini videoga olish jarayonida qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, ro`paradan kelayotgan avtobusga urildi.

YTH Qozon shahri yaqinidagi yo`llardan birida sodir bo`ldi. Qiz ijtimoiy tarmoqlardan birida videotranslyasiya olib borgan, telefon esa avtomobil paneliga mahkamlangan. Avtoledi internet foydalanuvchilari bilan salomlashganini, ishlari haqida so`raganligini, qo`shiq xirgoyi qilayotganini kamera videoga olgan. Keyin kuchli zarba, chinqiriq ovozi eshitilib, video o`chib qolgan.

Tatariston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, avtobus yo`lovchilaridan 5 kishi, shu jumladan 7 yoshli bola turli darajadagi tan jarohati olgan. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi “Tatar-inform” nashri.



Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: