Главная » Yangiliklar » ​Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarda uning nomini sotib, pul topayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi
​Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarda uning nomini sotib, pul topayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi

​Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarda uning nomini sotib, pul topayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarda uning nomini sotib, pul topayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi
  • Дата релиза: 03-07-17, 13:09
​Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarda uning nomini sotib, pul topayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarga uning shogirdi sifatida borib, fonogrammaga og`iz qimirlatib pul ishlayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi.

“Bu kim? Buni qaeri menga o`xshaydi. Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to`g`ri keladimi. Bu yigit to`ylarda mening qo`shiqlarimga og`iz qimirlatib, o`zicha Mavluda Asalxo`jaevaning shogirdiman deb yurganidan keyin ustidan arz qildim, men bunga ruxsat bermaganimni aytdim. O`sha kuniyoq uyimga kelib kechirim so`radi. Bolam bor, olib qo`ygan to`ylarim bor, ustimdan shikoyat qilmang deb yalindi. O`shanda meni parodiya qilishiga ruxsat bermadim. Ammo bu yigit gaplarimdan to`g`ri xulosa qilgani yo`q. Haligacha biz qilgan mehnatning ortidan pul topib yuribdi. Gap pulda emas, gap meni parodiya qilayotganida ketyapti. Qancha muxlislarimiz undan norozi. O`zingiz ayting men unga o`xshab o`ynaymanmi, unga o`xshab bejalib pardoz qilamanmi. Uning qilayotgan ishi musulmonchilikka ham to`g`ri kelmaydi. Har kuni odamlar nega shunga ruxsat berib qo`ygansiz degan gaplarni aytishadi. Takror aytaman men bu yigitning meni parodiya qilishiga umuman ruxsat bermaganman. Yana Mavluda Asalxo`jaeva bu boladan har oy 800 dollar pul oladi, shuning uchun hech narsa demaydi degan gaplarni ham tarqatishibdi. Menga bu yigitdan hech narsa kerakmas. Nima uchun biz falon ming dollar pul sarflab yozgan qo`shiqlarimiz, kliplarimiz orqasidan to`yga kirib likkillab oson pul topishi kerak. Axir mehnatni kim qilyapti. Na san`at sohasida diplomi va na ‘O`zbeknavo’dan lisenziyasi bor uning. Axir, qachongacha indamay yurishim mumkin. ‘O`zbeknavo’dagilar ham bu haqda aytgandim, chaqirishdi lekin bu yigit o`zgarmadi. Men bilan yaqin qo`shiqchilarga borib dardini dasturxon qilibdi. O`rtaga ularni qo`yishga ham harakat qildi. Uyimga kelganida yo`q deb aytgandim. O`shanda suratga tushib suratni hammaga tarqatibdi meni ustozim deb. Meni bunaqa shogirdim yo`q. U qilayotgan ishidan uyalmasa ayol kishi bo`lib men uyalyapman”,—deb yozadi Mavluda Asalxo`jaeva.

Mavluda Asalxo`jaevani parodiya qilib, to`ylarga chiqayotgan yigitning ismi Bobur bo`lib, u shou-biznesga daxldor ko`plab taqdimotlarda, yig`in va tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: