Главная » Yangiliklar » Maykl Jekson mashhur bo‘lsa-da, boshqalarning vaqtini qadrlar edi
Maykl Jekson mashhur bo‘lsa-da, boshqalarning vaqtini qadrlar edi

Maykl Jekson mashhur bo‘lsa-da, boshqalarning vaqtini qadrlar edi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Maykl Jekson mashhur bo‘lsa-da, boshqalarning vaqtini qadrlar edi
  • Дата релиза: 02-09-14, 22:34
Maykl Jekson mashhur bo‘lsa-da, boshqalarning vaqtini qadrlar edi

Men studiyada o‘tirar edim-u, lekin Maykl Jekson bilan birga ishlayotganimga ishonmas edim. U yerdagilarga bu haqida gapirardim…

 U bilan ishlaganimda u kech qolgan edi. Soat o‘n ikkiga belgilangan ishga u o‘n beshta kam birda yetib kelgan. U studiyaga kech kelganidan afsuslanar edi.

 O‘sha kungi kech kelganidan so‘ng u menga bir savat sovg‘a jo‘natdi. Uning ichida 100 dan ortiq DVD diskdagi filmlar, popkorn va kitoblar bor edi. Chunki biz u bilan suhbatlashgan paytimizda men film tomosha qilishni yaxshi ko‘rishimni aytgan edim.

 Sovg‘a ichida yana shunday yozilgan qog‘oz ham bor edi:

 “Sening vaqtingni hurmat qilmaganim uchun meni kechir… ”

 Men unga ertaga qaysi paytda boshlaymiz deb savol berardim. U esa:

 “Kori, sen boshliqsan. Sen menga ish vaqtini ayt. Sen menga ertalab yettida kel desang, men ertalab yettida studiyada bo‘laman. Sen boshliqsan, ish vatqini sen menga aytishing kerak.”

Kori Runi / Sony studiyasida Maykl Jekson bilan birga ishlagan

Логин:
Пароль: