Главная » Yangiliklar » ​MEHNAT DAFTARChASI EGASIDAN BOShQAGA BERILIShI MUMKINMI?
​MEHNAT DAFTARChASI EGASIDAN BOShQAGA BERILIShI MUMKINMI?

​MEHNAT DAFTARChASI EGASIDAN BOShQAGA BERILIShI MUMKINMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​MEHNAT DAFTARChASI EGASIDAN BOShQAGA BERILIShI MUMKINMI?
  • Дата релиза: 01-10-17, 14:33
​MEHNAT DAFTARChASI EGASIDAN BOShQAGA BERILIShI MUMKINMI?
IShDAN BO`ShAGAN XODIMNING MEHNAT DAFTARChASINI EGASIDAN BOShQAGA BERISh MUMKINMI?

Xodim korxonadan ishdan bo`shab, o`zining mehnat daftarchasini olmadi va qaergadir jo`nab ketdi. Uning ukasi daftarchani tilxat orqali unga berishlarini so`radi. Yangi xodim - korxonaning kadrlar bo`yicha inspektori daftarchani berib, uning faqat pasport ma`lumotlarini yozib olib qoldi. Yana ishdan bo`shagan xodimdan ishonchnoma ham talab qilish kerak edimi? Bunday hollarda keyinchalik qanday yo`l tutish kerak?

Farruxjon Fayziev, huquqshunos:

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni (ishning so`nggi kuni) ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart (Mehnat kodeksining 108-moddasi).
Agar xodim ishdan bo`shatish kunida ishda bo`lmasa, ish beruvchi o`sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish to`g`risida xabarnoma jo`natadi.

Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo`natish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi (Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnomaning 3.3-bandi).

Faqat xodim vafot etgan bo`lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo`li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko`ra pochta orqali jo`natiladi.

Shu tariqa, qonun hujjatlarida mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasi faqat xodimga berilishi aniq-ravshan nazarda tutilgan. Mehnat daftarchasini ishonchnoma bo`yicha yoki ishdan bo`shagan xodimning qarindoshi pasportini taqdim etish asosida berish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.

Shuni eslatish lozimki, xodim mehnat daftarchasini olish uchun murojaat etmagan taqdirda, uni olish zarurligi to`g`risida yozma xabardor qilingandan keyin, uni korxonada saqlash kerak.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: