Главная » Yangiliklar » Meksikadagi sport o'yingohining o'rtasida daf'atan yer yorilgan-u, ulkan va tubsiz o'ra paydo bo'lgan….
Meksikadagi sport o'yingohining o'rtasida daf'atan yer yorilgan-u, ulkan va tubsiz o'ra paydo bo'lgan….

Meksikadagi sport o'yingohining o'rtasida daf'atan yer yorilgan-u, ulkan va tubsiz o'ra paydo bo'lgan….

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Meksikadagi sport o'yingohining o'rtasida daf'atan yer yorilgan-u, ulkan va tubsiz o'ra paydo bo'lgan….
  • Дата релиза: 16-09-18, 16:39
Meksikadagi sport o'yingohining o'rtasida daf'atan yer yorilgan-u, ulkan va tubsiz o'ra paydo bo'lgan….
Futbol o'yingohi rahbarlari, futbolchilari ham hayratdan yoqa ushlashardi xolos. Axir, bu dahshat-ku! Xudo ko'rsatmasin, o'yingohda shunday tubsiz o'ra paydo bo'lsa, futbolchilarni yer yutib ketardi-ku! Nima o'zi bu? Nega to'satdan yer yorildi?..

Bu savolga Mexikoning o'zidagi mutaxassislar xotirjam javob berishdi. Bu o'zga sayyoralik ham, arvoh ham, zilzila emas ekan. Mexiko zamini ostidan kattakon ko'l oqib o'tgan. O'sha ko'l yerning istki qismiga qarab tuproq qatlamini bo'shashtirib kelgan. Demak, bugun yemirilish yerning ustki qatlamiga qadar yetib keldi. Shu sababli yer o'yilib katta o'ra hosil qildi. Biroq baribir mutasaddilar qattiq asabiylashishdi. Yaxshiki, futbol musobaqasi bo'lib o'tmayotgan ekan. Aks holda qurbonlarning adog'i bo'lmasdi. Jasadlarni esa tubsiz o'radan hech kim tortib ola bilmasdi. Xayriyat!
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: